Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘lat sabab Irkutskda ayrim shifoxonalarda karantin joriy etildi

O‘lat sabab Irkutskda ayrim shifoxonalarda karantin joriy etildi



Rossiyaning Irkutsk viloyatida 28 yoshli protivochuma instituti xodimi vafot etgani ortidan bir qator shifoxonalarda karantin choralari kuchaytirildi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Irkutskdagi 1, 3 va 10-sonli shifoxonalar, tug‘uruqxona hamda bolalar shifoxonasi karantinga yopilgan. Shelexovdagi rayon shifoxonasi ham karantinga olingan.

Marhumada o‘lat bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, Rossiya Rospotrebnadzori tashxisni o‘lat deb rasman tasdiqlamagan. Idora bemorda kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya bo‘lganini va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq mikroorganizmlar aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Marhuma bilan aloqada bo‘lgan 197 kishi tibbiy kuzatuvga olingan, ularda hozircha kasallik belgilari aniqlanmagani va laboratoriya natijalari salbiy ekani bildirilgan.

Shuningdek, Shelexovdagi Irkutsk alyuminiy zavodida niqob taqish rejimi joriy etilgani xabar qilindi.

Kiritildi: 16:51 05.10.2026. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!