Polshada yashayotgan ukrainlarning aksariyati yaqin vaqtda Ukrainaga qaytishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Smart Solutions HR agentligi tadqiqoti natijalari ma’lum qildi.
Tadqiqotga ko‘ra, Polshada ishlayotgan ukrainlarning uchdan ikki qismi mamlakatni tark etishni umuman rejalashtirmayapti. Ular uchun Polsha vaqtinchalik boshpana emas, doimiy yashash joyiga aylangan.
Shuningdek, yashash joyini o‘zgartirishni rejalashtirayotgan ukrainlarning ko‘pchiligi ham Ukrainaga qaytish o‘rniga Germaniya kabi boshqa Yevropa davlatlariga ko‘chib o‘tishni ko‘rib chiqmoqda.