Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukrainaning yangi prezidenti Rossiyaga qarshi "urush" boshladi

Ukrainaning yangi prezidenti Rossiyaga qarshi "urush" boshladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining inaugurasiya marosimiga kelgan Oq uy va AQSh kongressi vakillaridan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashni davom ettirishni so‘radi, deb xabar beradi «Vedomosti».

«AQSh — Ukraina uchun qudratli va jiddiy hamkor, birinchi navbatda Rossiya bosqinchiligini yengib o‘tish yo‘lida. Rossiyaning Donbass va Qrimdagi tajovuzlarini mustaqil bartaraf etolmaymiz, shu sababli bizga yordam kerak», — deydi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina prezidenti AQSh prezidenti Donald Trampga tabrik uchun minnatdorlik izhor etib, yaqin kunlarda uchrashish umidida ekanligini bildirdi. U energetika va xavfsizlik sohasida Amerika—Ukraina hamkorligini rivojlantirish naqadar muhim ekanligini qayd etib o‘tdi.

Vladimir Zelenskiy 20 may kuni Ukraina prezidenti lavozimiga o‘tirdi. Uning inaugurasiya marosimiga AQSh energetika vaziri Rik Perri, AQSh davlat departamentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kurt Volker va senator Ron Jonson tashrif buyurdi. Rossiya vakillari marosimga taklif etilmadi.

Kiritildi: 11:46 21.05.2019. O'qildi: 4725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!