Ukrainaning NATOga kirishi hozir kun tartibida emas. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Mark Ryutte ma’lum qildi.
Evroparlamentning tashqi ishlar bo‘yicha yevrodeputatlari bilan munozara chog‘ida u Kiyev rejimi Ukrainaning NATOda bo‘lishini istashini, biroq alyansning ba’zi davlatlari bunga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi.
"Qisqa muddatda Ukrainaning NATOga kirishi siyosiy jihatdan, bu deyarli hozir kun tartibida emas," - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.