Financial Times yozishicha, ba’zi a’zolar bu holat Ittifoq barqarorligi va a’zolik nufuziga putur yetkazishidan cho‘chimoqda.
Nashrga ko‘ra, “sovuq urush” davridan beri amal qilib kelayotgan YEIga qabul qilish qoidalarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan islohotlar muhokama qilinmoqda.
Shu bilan birga, Yevrokomissiyada Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga YEI a’zoligi evaziga hududiy yon berishlar taklif etilishi mumkinligi aytilmoqda.