Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukrainaga Storm Shadow raketalarining yangi partiyasi yetkazib berildi

Ukrainaga Storm Shadow raketalarining yangi partiyasi yetkazib berildi

Buyuk Britaniya yaqinda Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning ichkari hududlariga zarbalar yo‘llashni davom ettirishi uchun Kiyevga Storm Shadow raketalarining yangi partiyasini yuborgan, deb xabar tarqatdi Bloomberg agentligi manbaga tayanib.

Bu qish boshlanishi arafasida Ukrainani raketa zaxiralari bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan – chunki Buyuk Britaniya Rossiya Ukraina tinch aholisiga hujumlarni kuchaytirishidan xavotirda, deydi agentlik suhbatdoshlari.

Yangi partiyada aynan qancha raketa yetkazib berilganiga aniqlik kiritilmagan.

Bloomberg yozishicha, hozirda Buyuk Britaniya va boshqa ittifoqchilar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Kiyevni qo‘llab-quvvatlash o‘zgarmas bo‘lib qolishini va bunday qo‘llov Rossiya iqtisodiyotining urush olib borish imkoniyatlaridan yuqori bo‘lishini ko‘rsatishga intilmoqda.

Buyuk Britaniya, AQSh kabi, mojaroning jiddiy avj olishidan xavotirlanib, uzoq vaqtgacha Rossiyaning xalqaro miqyosda tan olingan hududlariga o‘z raketalari bilan zarba berilishini taqiqlab kelgandi.

Ikki hafta oldin The Wall Street Journal o‘z manbasiga tayanib, AQSh uzoq masofali raketalar bilan RF bo‘ylab zarba berilishiga cheklovlarni to‘liq olib tashlaganini xabar qilgandi. Bu Storm Shadow raketalari uchun ham taalluqli: ular Buyuk Britaniya tomonidan yetkazib berilsa ham, nishonlarni belgilash uchun Amerika razvedka ma’lumotlaridan foydalaniladi.

Ukrainaga Storm Shadow’ning yangi partiyasi yuborilgani haqidagi xabar AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini berish niyatida emasligi haqidagi bayonotidan bir necha soat o‘tib paydo bo‘ldi. U kelajakda o‘z qarorini o‘zgartirishi mumkinligini istisno etmagan, biroq «hozircha javob – yo‘q».

Kiritildi: 22:46 03.11.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!