Ushbu xaritada Ukrainaga qaysi davlatlardan qancha miqdordagi tanklar jo‘natilayotgani aks ettirilgan.
Eng ko‘p tankni, kutilgandek Germaniya beradigan bo‘ldi. Keyingi o‘rindagi AQSh esa Kiyevga taxminan 30-50 ta miqdorda tank jo‘natadi. Shuningdek, Ispaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya va Polsha ham Ukrainaga o‘z tanklarini yuboradi.
Qayd etish lozimki, Ukrainaga jo‘natilayotgan katta miqdordagi tanklar Leopard tanklari bo‘lib, faqatgina AQSh va Buyuk Britaniya Leopard tanklarini jo‘natmaydigan bo‘ldi. AQSh M1Abrams jo‘natadigan bo‘lsa, Buyuk Britaniya Kiyevni Challenger-2 tanklari bilan ta’minlaydi.