Hypersonica tovush tezligidan besh baravar yuqori tezlikda harakatlana oladigan raketalarni ishlab chiqmoqda.
Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
O‘tgan hafta kompaniya Norvegiyadagi Andoyya kosmodromidagi uchirish maydonchasida atigi to‘qqiz oy ichida ishlab chiqilgan navigasiya tizimlarining birinchi sinovini o‘tkazdi. Raketa kutilgan natijalarga erishdi va soatiga 7400 km dan ortiq tezlikka yoki 6 Maxga yetdi.
Ukraina hukumati " Nightfall" deb nomlangan ushbu tizim Ukrainaga yetkazib berilishini, ammo "Britaniya qurolli kuchlari tomonidan kelajakda uzoq masofali zarba berish loyihalari uchun asos bo‘lib xizmat qilishini" aytdi. "Nightfall" uchun shartnomalar mart oyida tuzilishi kutilmoqda.