Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukrainaga 4,4 million dona yirik kalibrli snaryad yetkazib berildi

Ukrainaga 4,4 million dona yirik kalibrli snaryad yetkazib berildi

Ukraina uchinchi davlatlardan snaryadlar sotib olish bo‘yicha Chexiya tashabbusi doirasida qariyb 4,4 mln dona yirik kalibrli o‘q-dorilarni qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda «STK» agentligi. Yetkazib berish yillar kesimida quyidagicha taqsimlandi: 1,5 mln dona 2024 yilda va yana 1,8 mln dona 2025 yilda topshirildi.

Loyiha 20 ga yaqin davlatning sa’y-harakatlarini birlashtirdi va ular qurol-yarog‘ sotib olish uchun birgalikda qariyb 4,6 mlrd dollar mablag‘ to‘plashdi. Chexiyaning o‘zi Daniya va Niderlandiya ko‘magida jarayonni asosiy muvofiqlashtiruvchi sifatida ishtirok etib, dasturni amalga oshirish uchun 140 mln dollardan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ ajratdi. Mablag‘larning asosiy qismi donor mamlakatlardan kelib tushdi, bu esa Ukraina Qurolli Kuchlarini katta miqdordagi tanqis bo‘lgan yirik kalibrli snaryadlar bilan ta’minlash imkonini berdi.

Kiritildi: 23:41 16.02.2026. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!