Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainadagi urushda hozirgacha 418 nafar bola halok bo‘ldi

A A A
Ukrainadagi urushda hozirgacha 418 nafar bola halok bo‘ldi

Ukrainadagi urushda 418 nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati. Ularga ko‘ra, 786 nafar bola jarohatlangan.

“Bolalar eng ko‘p Donesk viloyatida – 404, Xarkov viloyatida – 251, Kiyev viloyatida – 116, Nikolay viloyatida – 75, Chernigov viloyatida – 68, Lugansk viloyatida – 64, Xerson viloyatida – 57, Zaporojye viloyatida – 50, Dnepropetrovsk viloyatida - 30 ta jabrlangan”, - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Ularning ta’kidlashicha, bu raqamlar yakuniy emas, chunki bosib olingan hududlarda halok bo‘lganlar sonini bilishning iloji yo‘q. Ukraina ozod qilgan shaharlarda esa jasadlarni qidirish davom etmoqda.

Kiritildi: 12:50 05.10.2022. O'qildi: 1676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!