Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukrainadagi urush Xitoyni NATOning dushmaniga aylantirdi

Ukrainadagi urush Xitoyni NATOning dushmaniga aylantirdi

NATOning navbatdagi sammiti 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Muhokamaning asosiy mavzusi, shubhasiz, Ukrainadagi urush bo‘ladi, biroq munozaralarning aksariyati, aftidan, Xitoyga tegishli, deb yozadi The Wall Street Journal.

G‘arb davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar Ukraina tufayli keskin yomonlashdi. Xitoyning Rossiya Federasiyasiga ko‘rsatayotgan yordami NATO davlatlarini Pekinni strategik tahdidlar ro‘yxatiga kiritishga undadi. Shu bilan birga, Xitoy G‘arb davlatlariga qarshi kiber-josuslik va dezinformasion kampaniyalar olib boradi, ba’zan esa Tayvan bilan munosabatlarni saqlab turgan Yevropa davlatlarini jazolash uchun turli choralar ko‘radi.

G‘arb yetakchilari Xitoyni Rossiya urush mashinasini, ayniqsa mikroelektronika yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlayotganlikda tobora ko‘proq ayblamoqda.

Avvalroq NATO Yevropa va Osiyoni alohida mintaqalar deb hisoblagan bo‘lsa, Xitoyning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozisiyasi mintaqalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langanligini yaqqol ko‘rsatdi.

Kiritildi: 13:36 08.07.2024. O'qildi: 1478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!