Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ukrainadagi mojaro cho‘zilib ketishiga ishonadi, shu munosabat bilan u Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yanada kuchaytirish tarafdori.
"Biz chidashimiz kerak. Urush uzoq davom etadi, Rossiya Federasiyasi harakatlarining tajovuzkorligi kuchayadi. Biz Ukrainani jang qilish uchun vositalar bilan ta’minlashda davom etishimiz kerak, shuningdek, Rossiyaga iqtisodiy bosim o‘tkazishimiz zarur", — dedi Borrel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya iqtisodi allaqachon to‘xtay boshlagan" va Moskvaga nisbatan keyingi bosim Kiyevga bo‘lajak tinchlik muzokaralarida yaxshi pozisiyani egallash imkonini beradi.