Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning reytingi uning prezidentlik yilida deyarli ikki baravar kamaydi. Buni Kiyev xalqaro sosiologiya instituti tomonidan o‘tkazilgan "Interfaks-Ukraina" yetakchisi olib borgan so‘rov natijalari tasdiqlaydi.
Agar saylovlar aprel oyining oxirida bo‘lganida, saylovga kelganlarning 42,6 foizi Zelenskiyni yoqlab ovoz bergan bo‘lishardi. Bir yil oldin esa saylovchilarning 73,22 foizi uni qo‘llab-quvvatlagan.
Oldinroq Zelenskiy reytinglar haqida o‘ylamasligini aytgandi, chunki reyting ishonch ko‘rsatkichi emas.