Ukrainada urush boshlanganidan beri 41 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda BBC news nashri xabar bermoqda.
Ukraina Oliy Radasining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Lyudmila Denisovaga ko‘ra, Ukrainaga bosqin boshlanganidan beri 41 nafar bola halok bo‘ldi, yana 76 bola jarohat oldi.
Denisova, Mariupol va Volnovaxada halok bo‘lganlar va yaradorlar sonini aniqlashning hozircha imkoni yo‘qligini, Rossiya harbiylari shaharlarni o‘rab olgani uchun ularga kirish imkoni mavjud emasligini ta’kidladi.