Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukrainada qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi kim?

A A A
Ukrainada qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi kim?

Bugun kanalimizda Ukrainaning urushda asir olingan va o‘lgan askarlarni identifikasiya qilish bilan shug‘ullanuvchi telegram kanallarida, Rossiya tomonidan jang qilgan deb ishora qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasport ma’lumotlari tarqalgani haqida aytib o‘tgan edik.

/media/in_content_images/%D1%83%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA_1.jpg_image

/media/in_content_images/%D1%83%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA_2.jpg_image

Fuqaro Bozorov Adhammirza Hayitovich. Namanganlik edi.

Bu yigit kim?

O‘sha xabar chiqqandan beri faktcheking va surishtiruvlar bilan shug‘ullandim. Ushbu yigitning ijtimoiy tarmoqlarda 10 yil oldingi, o‘sha davrlarda rivojlangan Moy Mir dagi suratlari va profilliarini ham topishga muvaffaq bo‘ldim.

Bu yigit programmist bo‘lgan. U o‘zbekistondagi ko‘plab saytlarda ishlagan. Hattoki 2014 yilda Milliy internet tanlovining “O‘zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt” nominasiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan.

Oz vaqt O‘zbekiston Axborot agentligi Uza da ham faoliyat olib borgan.

Bugungi kunda u Toshkentdagi Sales doctor firmasida programmist sifatida ishlab keladi.

Ukrainada nima qilyapti?

Bu yigit 23 fevral kuni soat 15:25 da O‘zbekiston Xavo yo‘llari orqali Ukrainaning Kiyev shahriga uchgan. Ukrainaga innovasion tovar va servislarni rivojlantirishga qaratilgan platforma bo‘lmish FMCG CLUBning taklifiga binoan ketgan. 24 fevral kuni Kiyevda FMCG INDUSTRY FORUM 2022 bo‘lib o‘tishi kerak edi. 27 fevral kuni esa Toshkentga qaytishga chiptasi ham bo‘lgan (Chiptalar va forumga taklifnomaning kopiyasi menda bor) U bilan birga yana bir O‘zbekiston fuqarosi Temur ismli programmist yigit bo‘lgan.

24 fevralda urush boshlanib ketgach qo‘lga olingan ko‘rinadi. Ukraina shaharlarida komendantlik soatlari joriy qilingani sababli va bunday vaziyatlarda xo‘l quruq teng yonishini inobatga olib, bu yigit tushunmovchilik sabab qo‘lga olingan degan taxminlarimiz bor.

Qozog‘istonda qo‘lga olingan va terrorist deb atalgan qirg‘izistonlik qo‘shiqchi keysi yodimizdan chiqmasin.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlardan so‘rab qolaman, diplomatik kanallar orqali ushbu xolatni tagiga yetaylik, vatandoshlarimizni taqdir qo‘liga tashlab qo‘ymaylik.

Nurbek Alimov, bloger

Kiritildi: 15:39 27.02.2022. O'qildi: 12548 marta. Fikrlar soni: 14 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik