Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ukrainada bir fuqaro to‘rt marotaba koronavirusga chalindi

Ukrainada bir fuqaro to‘rt marotaba koronavirusga chalindi

Ukrainaning Xarkov shahrida yashovchi bir erkak to‘rt marta koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Shahar 17-sonli shahar klinik shifoxonasi shifokori Roman Yeliseev jurnalistlarga ma’lum qilishicha, bemorda qo‘shimcha kasalliklar borligi tufayli, uning organizmi antitanachalar ishlab chiqarmagan. Uning aynan qanday kasalliklar bilan og‘rigani ochiqlanmagan.

Ukrainada pandemiya boshlanganidan beri 1,8 milliondan ortiq odam "COVID-19" bilan zararlangan, 38 mingdan ortiq bemor ushbu infeksiya asoratlaridan vafot etgan.

Kiritildi: 12:29 16.04.2021. O'qildi: 2687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!