Kiyevning Dneprovskiy tumanida hayratlanarli voqea yuz berdi. 36 yoshli erkak ko‘p qavatli uy – 19 qavatning derazasidan qulab tushdi.
U taxminan 60 metr balandlikdan yiqilganiga qaramay, pastda turgan avtomobil ustiga tushgan va aynan shu mashina zarbani yumshatib, erkakning hayotini saqlab qolgan. Avtomobilning tom qismi butunlay shikastlangan.
Voqea 30 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Guvohlar darhol tez yordam chaqirgan. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. U yopiq bosh miya jarohati, qorin va ko‘krak qafasi travmasi olgan bo‘lsa-da, hayoti xavf ostida emas.
Polisiya mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovni boshlagan. Asosiy ehtimollardan biri sifatida o‘z joniga qasd qilishga urinish holati ko‘rib chiqilmoqda. Hozirda voqeaning aniq sabablari aniqlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar avtomobilning egasiga yetkazilgan moddiy zarardan qat’i nazar, aynan shu mashina inson hayotini saqlab qolganini ta’kidlashmoqda.