Bugun, 23 iyul kuni Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasidan (XVF) yangi to‘rt yillik dastur doirasida qariyb 690 million dollar miqdoridagi ikkinchi transhni oldi. Bu haqda RBK-Ukraina Ukraina bosh vaziri Sergey Koreskiyning Telegram-kanaliga tayanib xabar bermoqda.
«Ukraina bugun yangi to‘rt yillik dastur bo‘yicha XVFdan ikkinchi transhni — qariyb 690 mln dollarni qabul qilib oldi», — deb xabar berdi Koreskiy.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘lar allaqachon davlat byudjetiga kelib tushgan va ular makromoliyaviy barqarorlikni saqlashga, xususan, ustuvor xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ukrainaning yangi bosh vaziri Sergey Koreskiy XVFning 690 million dollar miqdoridagi kredit bo‘yicha qarori do‘shanba, 20 iyul kuni qabul qilinishini e’lon qilgan edi.
Uning ushbu bayonoti XVF bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Den Kats bilan o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng berilgandi.
Allaqachon 21 iyul kuni XVF Ijroiya kengashi Ukrainaga 690 million dollar miqdorida yangi kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.