Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina va Ruminiya yangi energetika loyihasini boshlamoqda

Ukraina va Ruminiya yangi energetika loyihasini boshlamoqda

Kiyev Ruminiyadan elektr energiyasi import qilish bo‘yicha yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Energetika vaziri Denis Shmigal bayonot berdi.

U o‘zining Telegram-kanalida Ruminiya Energetika vaziri Bogdan-Gruya Ivan bilan uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi. Shmigalning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning asosiy mavzusi ikki davlat o‘rtasidagi interkonnektorlarni (tarmoqlararo bog‘lovchi tizimlarni) rivojlantirish bo‘lgan.

"Loyihaning texnik ijrosini muhokama qildik. Ikkita yangi liniyaning rivojlantirilishi Ukraina tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish imkonini beradi..." — deb yozdi u.

Kiritildi: 23:31 07.02.2026. O'qildi: 145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!