Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush oqibatlari qanday bo‘ladi?

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush oqibatlari qanday bo‘ladi?

Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) sobiq rahbari Igor Smeshkoning «112 Ukraina»telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasi rossiyalik harbiylar ehtimoliy hujumiga «bardosh berolmaydi».

Smeshkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Ukraina iqtisodiyotda yoki harbiy sanoatda «muvaffaqiyatlarini ko‘rsata olmaydi».

«Ha, hozir Donesk va Luganskda bizga qarshilik ko‘rsatayotgan guruhlarga nisbatan qat’iy turishimiz mumkin», - dedi UXX sobiq rahbari.

Biroq, Smeshkoning ta’kidlashicha, agar «nazariy jihatdan» Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, mamlakat armiyasi «bardosh berolmaydi».

Shuningdek, uning bildirishicha, Ukraina harbiy byudjetlari «shaffof emas» hamda katta miqdordagi sarf-xarajatlar (YAIMdan 5,3%) fonida pullar aynan nimaga ketayotgani noma’lumdir.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 09:28 16.11.2018. O'qildi: 3587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!