Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina va AQSh prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi

A A A
Ukraina va AQSh prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi

Vladimir Zelenskiy Donald Tramp bilan "samarali muloqot" o‘tkazganini ma’lum qildi.

"Bugun biz o‘z pozisiyalarimizni muvofiqlashtirdik. Vaziyat bo‘yicha baholarimiz bilan o‘rtoqlashdik. Rossiyaliklar hujumlarda shafqatsizlikni oshirdi. Prezident Tramp Rossiyaning Kiyevga, boshqa shahar va hududlarimizga uyushtirayotgan zarbalari haqida to‘liq xabardor", — dedi Zelenskiy.

"Shuningdek, biz Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni, mudofaamizga yordam berishi mumkin bo‘lgan Yevropa ishtirokidagi qo‘shma dasturlarni hamda AQSh bilan ikki tomonlama mudofaa hamkorligini" muhokama qilishdik", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina yetakchisi.

Kiritildi: 20:35 05.08.2025. O'qildi: 1702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!