Ukraina va AQSh birgalikda qurol ishlab chiqarishga kelishib oldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap, xususan, havo hujumidan mudofaa tizimlari haqida ketmoqda: “Biz birgalikda qurol ishlab chiqarish ustida ishlaymiz. Bu bizning birdamligimizning yangi bosqichidir”.
Eslatib o‘tamiz, V.Zelenskiy kecha AQShda Jozef Bayden bilan uchrashgan edi.