Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Turkiyadan Zelenskiy va Putin uchrashuvini tashkillashtirishni so‘radi

Ukraina Turkiyadan Zelenskiy va Putin uchrashuvini tashkillashtirishni so‘radi

Mamlakat TIV rahbari Andrey Sibiganing ma’lum qilishicha, Kiyev to‘xtab qolgan tinchlik muzokaralarini jonlantirish maqsadida Turkiyaga ikki davlat prezidentlari uchrashuvini o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Vazirning ta’kidlashicha, Ukraina tomoni Rossiya va Belarus hududlaridan tashqari istalgan joyda uchrashishga tayyor. Zelenskiy to‘rt yildan ortiq davom etayotgan urushni to‘xtatish uchun Putin bilan bevosita muloqot qilishga intilib kelmoqda.

Shuningdek, Sibiga Vengriyadagi saylovlardan so‘ng shakllanayotgan yangi hukumatning Tashqi ishlar vaziri etib tayinlanishi kutilayotgan Anita Orban bilan yozma aloqa o‘rnatganini bildirdi. Kreml avvalroq Zelenskiyni Moskvada qabul qilishga tayyorligini aytgan bo‘lsa-da, Ukraina yetakchisi Rossiya poytaxtiga borishdan qat’iy bosh tortgan. Hozircha Anqaraning ushbu taklifga qanday javob bergani ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!