Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina Suriya bilan diplomatik munosabatlarni uzmoqda

Ukraina Suriya bilan diplomatik munosabatlarni uzmoqda

Kiyev Suriya LXR va DXRni tan olishga qaror qilgani uchun ushbu mamlakat bilan konsullik munosabatlarni saqlagan holda diplomatik munosabatlarni uzayotganini ma’lum qildi. Ukraina tashqi ishlar vazirligining payshanba kuni tarqatgan bayonotida shu haqda aytiladi.

“Ukraina tashqi ishlar vazirligi vaqtinchalik bosib olingan hududlari – Lugansk va Donesk viloyatlarini mustaqil davlat sifatida tan olgani uchun Suriyani qoraladi. Ushbu nodo‘stona harakatga javoban Ukraina Damashq bilan diplomatik munosabatlarni uzishini, faqat konsullik munosabatlar saqlanib qolishini ma’lum qiladi”, deyiladi Ukraina tashqi siyosat idorasi saytida e’lon qilingan xabarda.

"Ukraina, shuningdek, Suriyaga nisbatan savdo embargosini joriy qiladi hamda suriyalik yuridik va jismoniy shaxslarga ham sanksiya qo‘llaydi", – deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Xabarda keltirilishicha, Ukraina hukumati Suriyaning ushbu qarorini “Ukrainaga nisbatan nodo‘stona harakat, uning mustaqilligiga va hududiy birligiga rahna solish, Ukraina qonunchiligini, BMT nizomlarini va xalqaro huquqning asosiy normalari hamda tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish”, deb hisoblaydi.

Kiritildi: 20:20 01.07.2022. O'qildi: 2631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!