22 avgust kechasi Ukraina kuchlari Rossiya Federasiyasining Samara viloyatidagi "Novokuybishevskiy" neftni qayta ishlash zavodiga zarba berdi.
Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining ma’lumotlariga ko‘ra, zarbadan keyin neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘lgan va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Novokuybishevskiy" neftni qayta ishlash zavodi "Rosneft" neft kompaniyasi tarkibiga kiradi va Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biridir. Uning yillik quvvati taxminan 8,8 million tonna neftni tashkil etadi.
Neftni qayta ishlash zavodi avtomobil va aviasiya yoqilg‘isi, dizel yoqilg‘isi va moylash komponentlari kabi 20 dan ortiq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.