Ukraina dronlari 31 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning yana bir necha regionlariga hujum uyushtirdi. RF mudofaa vazirligi mamlakatning 10 ta regioni, shuningdek, anneksiya qilingan Qrim hamda Qora dengiz akvatoriyasi uzra ukrainlarning 216 ta droni to‘xtatilgani va yo‘q qilingani haqida xabar bergan.
Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin dronlar hujumi oqibatida fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlari shikastlanganini ma’lum qilgan. U boshqa tafsilotlarni keltirmagan. Ukrainadagi Exilenova+ Telegram-kanali Saratov neftni qayta ishlash zavodi yonayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan.
Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar esa Matveevo-Kurgan rayonida dron parchalari tushishi oqibatida xususiy korxonaning yoqilg‘i ombori yonib ketgani haqida xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Kirov viloyati Urjumskiy tumanida ham dronlar hujumi oqibatida korxonalardan birida yong‘in chiqqani. Ukrainadagi monitoring kanallarning tasdiqlashicha, gap “Lazarevo” ishlab chiqarish dispetcherlik stansiyasi haqida ketmoqda. Ukraina qurolli kuchlari uni Rossiya nefti Boltiqbo‘yidagi Primorsk va Ust-Luga portlari hamda Belarusga tashishladigan “Surgut-Polosk” neft quvuridagi asosiy nuqta deb atagan.
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi dronlar orqali Saratov neftni qayta ishlash zavodi, “Lazarevo” stansiyasi hamda Rostovdagi yonilg‘i-moylash materiallari omboriga zarba berilganini tasdiqladi.