Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina Rossiyani Fransiyada namoyishlarni uyushtirishda aybladi

Ukraina Rossiyani Fransiyada namoyishlarni uyushtirishda aybladi

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya maxsus xizmatlarini Fransiyada tartibsizliklarni uyushtirishda aybladi. Bu haqda «Kommersant’» xabar bermoqda.

Mamlakat xavfsizlik xizmati Parijda olingan suratni buning isboti deb hisoblaydi. Unda Donesk xalq respublikasi bayrog‘ini ushlab turgan sariq nimchadagi (noyabrdan buyon davom etayotgan namoyishlar ramzi) ikki kishi aks etgan. Xavfsizlik xizmati suratda Donbass bilan aloqador ikki kishi aks etganligini ta’kidlamoqda.

Ukraina xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri — Sorlin Fabris, «Katexon» tahliliy markazining a’zosi. Markaz raisi — rossiyalik biznesmen Konstantin Malofeev, «Sargrad» pravoslav telekanalining asoschisi. Shuningdek, suratda «Stratpol strategik tahlili Yevropa markazi» asoschisi Ksavye Moro borligi ta’kidlanmoqda. Bundan tashqari, u «Sharq Fransiya — Donbass birdamlik» tashkilotining funksioneri hisoblanadi. Tashkilot esa go‘yoki Rossiya maxsus xizmatlariga bo‘ysunadi. Janob Moro — 2013 yildan buyon Rossiya fuqarosi.

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya maxsus xizmatlari yuzlab yevropalik radikallarni yollab, ularni Qrim va Donbassdagi «soxta saylovlarga» kuzatuvchilar niqobi ostida olib chiqqanligini ma’lum qiladi. Hozirda bu radikallar Yevropada amal qila boshlaganligi ta’kidlanadi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 21:49 09.12.2018. O'qildi: 1472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!