Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina Rossiya bilan viza tartibini joriy qiladi

Ukraina Rossiya bilan viza tartibini joriy qiladi

Kiyev Rossiya bilan viza tartibini joriy qilmoqda. Bundan buyon Ukrainaga bormoqchi bo‘lgan fuqarolar Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Kaliningrad, Qozon, Novosibirsk, Rostov-na-Donu va Samarada Ukraina vizasini rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi.

Biroq, Ukraina tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilinishicha, vizaning mavjudligi ham rossiyaliklarga ushbu mamlakat hududiga kirishni kafolatlamaydi, chunki yakuniy qarorni chegarachilar qabul qiladi.

“Biz yaqinda Ukrainadan nota oldik. Unda 1 iyuldan boshlab ikkita bitim o‘z kuchini yo‘qotgani haqida ma’lum qilingan. Ularning biri 1997 yildagi “fuqarolarning vizasiz bordi-keldisi to‘g‘risida” hamda 2011 yildagi “chegara yaqinida yashovchi fuqarolarning chegarani kesib o‘tishi haqida”, – dedi Rossiya tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk RIA Novostiga.

Kiritildi: 14:30 01.07.2022. O'qildi: 2480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!