Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina Rossiya bilan asirlarni almashishini e’lon qildi

Ukraina Rossiya bilan asirlarni almashishini e’lon qildi

Yaqin vaqt ichida Ukraina va Rossiya tutqunlikda ushlab turilgan asirlarni almashtiradi. Bu haqda Ukraina prezidenti ma’muriyati boshlig‘ining o‘rinbosari Vadim Pristayko ma’lum qildi.

Pristaykoning so‘zlariga ko‘ra, asirlarni almashtirish masalasi 12 iyulda Ukraina, Germaniya, Fransiya va Rossiya tashqi siyosat maslahatchilarining Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan.  

Pristayko asirlarni almashish «10 ga 10» va «15 ga 15» shakllarida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. 

Ma’muriyat shuningdek, 2018 yil noyabrda Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan 24 nafar ukrain degizchilarining ham tez orada ozod qilinishiga umid bildirgan.

Avvalroq Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova Ukrainada 50 nafar rossiyalik asirlikda ekanligini bildirgandi.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 21:32 16.07.2019. O'qildi: 1540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!