Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukraina qo‘shinlari Doneskdagi maktabni o‘qqa tutdi

A A A
Ukraina qo‘shinlari Doneskdagi maktabni o‘qqa tutdi

Ukraina harbiylari Doneksning Kalinin tumanidagi 7-son maktabni o‘qqa tutdi, snaryadlardan biri portlamadi va qavatlar o‘rtasiga kelib tushdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt soat 10:30 da 7-son maktab tomiga ikkita snaryad kelib tushgan. Ulardan biri sinfxonaga jiddiy zarar yetkazgan. Ikkinchisi esa portlamay qolgan va qavatlar o‘rtasida qolib ketgan.

Shahar muntazam ravishda o‘qqa tutilishi sabab bolalar masofaviy ta’lim olishmoqda. Shu bois hech kim jabrlanmagan.

Kiritildi: 18:36 09.10.2022. O'qildi: 3907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik