Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 21 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiyaning ikkita o‘q-dori omboriga zarba berganini ma’lum qildi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 21 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiyaning ikkita o‘q-dori omboriga zarba berganini ma’lum qildi

Hujumga uchragan Tixoresk o‘q-dori ombori Krasnodar o‘lkasida joylashgan bo‘lib, Ukrainadagi urushda foydalanilgan eng yirik uchta ombordan biri hisoblanadi. Bu Rossiya qo‘shinlarining logistika tizimidagi asosiy omborlardan biri", deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari bayonotida.

Ukraina tomoniga ko‘ra, zarba vaqtida ombor hududida kamida ikki ming tonna o‘q-dori bo‘lgan poyezd ham bo‘lgan. Shuningdek, Tver viloyatida tunda Rossiya Mudofaa vazirligi Bosh artilleriya boshqarmasining 23-qurol omboriga zarba berilgan. Ikkala harbiy ob’ekt hududlarida yong‘in va portlashlar qayd etilgan.

Rossiya ushbu so‘nggi hujumlarga rasman izoh bermadi. Ma’lum qilinishicha, bir kechada Rossiya Federasiyasi hududlari uzra 101 ta dron urib tushirilgan.

Krasnodar o‘lkasi rahbari Veniamin Kondratevning so‘zlariga ko‘ra, Tixoresk hududida ikkita dron urib tushirilgan va «qulagan vayronalar tufayli» yong‘in boshlangan. Biroq, rasmiy voqea qayerda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.

Kiritildi: 20:24 21.09.2024. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!