Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy lavozimidan ozod qilindi.
Bu haqda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalidagi bayonotida e’lon qildi.
"Mixaylo Drapatiy Ukraina Qurolli Kuchlarining yangi Bosh qo‘mondoni bo‘ladi... Men Aleksandr Sirskiyga va har bir askarimizga Ukrainaning kuchli front chizig‘idagi pozisiyalari uchun minnatdorman. Bugun men Sirskiy va Andriy Gnatov bilan kelajakdagi xizmat formatlari va vazifalarni to‘g‘ri o‘tkazish haqida suhbatlashdim", dedi u.
18 iyul kuni Financial Times gazetasi Zelenskiy Sirskiyni ishdan bo‘shatishni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.