AQSh Mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Selest Uollanderning aytishicha, Kiyev Vashington tomonidan yetkazib berilgan qurol-yarog‘ uchun to‘lov to‘lashni boshlashi kerak. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
«Ularning byudjeti hozir bunday imkoniyatga ega emas, lekin harbiy aktivlarni sotib olishni boshlashlari kerak», dedi Uollander.
Mudofaa vaziri yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukraina o‘zining mudofaa xarajatlarini rejalashtirishni boshlashini va «uni qo‘llab-quvvatlash uchun qilinadigan barcha ishlarni» ta’minlashi kerak.