Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina prezidenti raketa zarbalariga munosabat bildirdi

Ukraina prezidenti raketa zarbalariga munosabat bildirdi

Xususan, Volodimir Zelenskiy bugun Yevroparlament Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat deb e’lon qilganini eslatdi va bu qarori uchun barcha yevropalik parlamentariylarga minnatdorchilik bildirdi.

"Rossiya esa infratuzilma ob’ektlari va tinch aholiga 67 ta raketa uchirgani bilan bu haqiqat ekanligini butun dunyoga isbotladi", — deydi Zelenskiy qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik va jarohatlanganlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirar ekan.

Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, energetiklar snaryad oqibatlarini imkon qadar tezroq bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Zelenskiy murojaatni quyidagi so‘zlar bilan yakunladi: "Biz sindirib bo‘lmaydigan xalqmiz. O‘zingizni asrang. Ukrainaga shon-sharaf".

Kiritildi: 06:57 24.11.2022. O'qildi: 3179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!