Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina navbatdagi muzokaralar haqida hali aniq kelishuvlar yo‘q

Ukraina navbatdagi muzokaralar haqida hali aniq kelishuvlar yo‘q

Ukraina navbatdagi muzokaralar haqida hali aniq kelishuvlar yo‘q, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Vatikan hududida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha ham kelishuvga erishmagan.

Shuningdek, Peskov tomonlar harbiy asirlarni “1000 ga 1000” formatida tezkor tarzda almashishga qiziqish bildirayotgani va buning uchun tegishli muhokamalar davom etayotganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq The Wall Street Journal nashri G‘arb davlatlari hukumatlaridagi manbalariga tayanib, Ukraina va Rossiya rasmiylari o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv Vatikan hududida iyun oyida bo‘lib o‘tishi mumkinligini xabar bergan edi.

Kiritildi: 16:20 22.05.2025. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!