Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukraina karantin rejimini 31 dekabrgacha uzaytirdi

Ukraina karantin rejimini 31 dekabrgacha uzaytirdi

Ukraina hukumati mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklov choralarini 31 dekabrgacha uzaytirdi. Bu haqda bosh vazir Denis Shmigal ma’lum qildi.

"Hukumat adaptiv karantinning amal qilish muddatini yil oxirigacha uzaytiradi", - dedi u.

 U mazkur chorani koronavirus pandemiyasiga qarshi nafaqat Ukraina, balki butun dunyodagi "eng ta’sirchan mexanizm" deb atadi.

 Avvalroq Ukraina 28 sentyabrdan xorijliklarning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgani ma’lum qilingandi.

 Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 270,5 mingdan oshgan, 5100dan ortiq kishi vafot etgan.

Kiritildi: 08:51 14.10.2020. O'qildi: 2113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!