Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari vakillari shu hafta oxirida sulh rejasi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.
«Bu – urushni tugatish rejasi emas. Avvalo sulh kerak. Bu diplomatik qadamlarni boshlash rejasi. Maslahatchilarimiz yaqin kunlarda, juma yoki shanba kuni uchrashib, ushbu rejaning tafsilotlarini muhokama qiladi», – dedi Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda.
Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, muhokama etilayotgan reja frontdagi vaziyatni barqarorlashtirish va keyinchalik keng qamrovli tinchlik muzokaralari uchun zamin yaratishga qaratilgan.