Uchrashuv Mayamida AQSh vakillari bilan davom etadi.
Bu haqda Ukrainaning muzokaralar guruhiga boshchilik qilayotgan Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov o‘zining tegeram kanalida ma’lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlardagi uchinchi ish kuni. Bugun general-leytenant Andrey Gnatov bilan birgalikda Amerika tomoni bilan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tadi", - deyiladi xabarda.
Umerovning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina delegasiyasi bugungi muzokaralarda "keyingi taraqqiyot va amaliy natijaga" umid qilmoqda.