AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Nyu-Yorkda Isroil va Qatar vakillari o‘rtasida ikki davlat munosabatlarini normallashtirish maqsadida maxfiy uchrashuv o‘tkazadi.
Bu haqda Axios ikki manbaga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Isroil delegasiyasiga Mossad rahbari David Barnea, Qatardan esa yuqori martabali amaldor rahbarlik qiladi.
Axios nashrining ta’kidlashicha, Nyu-Yorkdagi uchrashuvda G‘azo sektoridagi vaziyat va Falastinning XAMAS radikal harakatining qurolsizlanishi muhokama qilinadi.