Uganda g‘arbida yo‘lovchi avtobusining traktor va avtosisterna bilan to‘qnashuvi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Kiryandongo tumanida shanba, 26 mayga o‘tar tunda ro‘y bergan.
Halok bo‘lganlar orasida uch nafar yosh bola va 16 nafar yoshi katta inson bor. Shuningdek, xabar qilinishicha, bir necha kishi jarohat oldi, ularning soniga oydinlik kiritilmagan.
Mahalliy polisiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda voqea joyida qutqaruvchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishlashmoqda.
manba: kun.uz