Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Uganda chegara hududida Ebolaga qarshi emlashni kuchaytirmoqda

Uganda chegara hududida Ebolaga qarshi emlashni kuchaytirmoqda

Uganda Kongo Demokratik Respublikasiga qarashli beshta tumanda Ebola virusiga qarshi emlashni amalga oshirmoqda. Ular Kabarole, Bunyangabo, Kaseys, Ntoroko va Bundibugyo tumanlaridan iborat bo‘lib, ushbu hududlarda Ebola virusi tarqalishi xavfi juda yuqori hisoblanadi. 

Uganda sog‘liqni saqlash vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, har haftada Uganda va Kongo Demokratik Respublikasi chegaralari orqali 20 mingdan ortiq odam o‘tadi. Bu esa virusni tez tarqalishiga olib kelishi mumkin. 

Ugandada hali Ebola virusiga chalinganlar qayd etilmagan. Ammo hukumat 1 avgustdan boshlab qo‘shni Kongo Demokratik Respublikasida 198 kishini halok bo‘lishiga olib kelgan virusni nazorat qilish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirgan. 

Uza.uz

Kiritildi: 13:30 13.11.2018. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!