Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

UFC Ramazon Temirovni yana doping tekshiruvidan o‘tkazdi

UFC Ramazon Temirovni yana doping tekshiruvidan o‘tkazdi

O‘ta yengil vazn toifasida UFC reytingida 10-o‘rinni egallab turgan hamyurtimiz Ramazon Temirov navbatdagi doping tekshiruvidan o‘tdi.

Bu haqda sportchi o‘zining Instagram'dagi sahifasida xabar berdi.

Avvalroq, 2025 yilda Temirovdan taqiqlangan modda aniqlanib, Ramazon bir necha oyga diskvalifikasiya qilingandi.

Sportchimiz so‘nggi jangini oktyabr oyida angliyalik Lone Kavanaga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergandi.

Kiritildi: 21:50 21.11.2026. O'qildi: 836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik