Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘FA rahbariyati va FIFA delegasiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FA rahbariyati va FIFA delegasiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati hamda FIFA delegasiyasi ishtirokida 2027 yilda Ozarbayjon va O‘zbekistonda o‘tkaziladigan U-20 Jahon chempionatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda FIFA vakillari O‘zbekistonni mazkur nufuzli turnir mezboni sifatida tabriklab, mamlakatimizda futbol jadal rivojlanayotganini hamda FIFA bilan hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

Tomonlar musobaqani yuqori saviyada tashkil etish masalalarini muhokama qildi. Tashkiliy va funsional yo‘nalishlar bo‘yicha dastlabki rejalar ko‘rib chiqildi hamda ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida hamkorlik mexanizmlari belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkazish yo‘lida yaqin hamkorlik davom ettirilishi qayd etildi.

Kiritildi: 23:43 11.02.2026. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!