Tashkilotning ta’kidlashicha, maydondan chetlatishdan keyingi avtomatik o‘yindan chetlatish jazosining bekor qilinishi qoidalarga zid va butun turnir uchun xavfli namuna yaratadi.
"Biz ushbu misli ko‘rilmagan, tushunib bo‘lmaydigan va asossiz qaror munosabati bilan hayratdamiz", — deyiladi bayonotda.
AQSh Jahon chempionatining 1/8 finalida Belgiya bilan o‘ynashi kerak. "The Athletic" nashrining yozishicha, ayni paytda Belgiya futbol assosiasiyasi ushbu qaror ustidan norozilik bildirishga qaror qildi. Belgiyaliklar allaqachon FIFA'ga rasmiy xat yuborishgan va ularga qayta ko‘rib chiqishni talab qilish huquqi berilgan.