Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Turkmaniston prezidenti boulingdagi mahoratini ham namoyish etdi (video)

Turkmaniston prezidenti boulingdagi mahoratini ham namoyish etdi (video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Sport va turizm milliy instituti yaqinida qurilayotgan yangi binolar bilan tanishdi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» xabar bermoqda.

Foto: «Oltin asr»

Bosh planga ko‘ra, bu yerda institut fakulteti, 450 o‘rinli yotoqxona, sportkompleks, dam olish zonasi, velotrek va basseyn quriladi. Shuningdek, sport va yoshlar siyosati vazirligi binosi quriladi.

Berdimuhamedov mamlakatda buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lsa ham turkmanistonlik sportchilar tomonidan xalqaro musobaqalarda erishilayotgan natijalar talablarga javob bermayotganini tanqid qildi.

Foto: «Oltin asr»

Shundan so‘ng u hamrohlari bilan Olimpiya shaharchasiga yo‘l oldi. Bu yerda bouling o‘ynab, trenajyorlarda shug‘ullandi.

Daryo.uz

Kiritildi: 15:22 11.12.2018. O'qildi: 1730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!