Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkmaniston Afg‘onistonga masjid qurib beradi

Turkmaniston Afg‘onistonga masjid qurib beradi

Turkmaniston Afg‘onistonning Faryob viloyatida 500 kishilik masjid qurib beradi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning qaroriga ko‘ra, Turmanistonning Mozori Sharifdagi konsulligi Afg‘onistonning «Ghazanfar Construction, Road Work Rail Way Construction Material P.CO» kompaniyasi bilan masjid qurilishi bo‘yicha shartnoma tuzadi. Faryob viloyatining Akina shaharchasida barpo etiladigan masjidni 2020 yilning dekabrida foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

Turkmaniston bundan oldin qo‘shni Afg‘onistonga maktab va tug‘ruqxona qurib bergan. 

Manba: azon.uz

Kiritildi: 05:03 14.11.2018. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!