Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Turkiyaning Antaliya kurortida o‘rmon yong‘inlari boshlandi

A A A
Turkiyaning Antaliya kurortida o‘rmon yong‘inlari boshlandi

NTV telekanali Turkiyaning Antaliyaning Konyaalti hududida noma’lum sabablarga ko‘ra o‘rmon zonasida yong‘in sodir bo‘lganini xabar qildi.

“Antaliyaning Konyaalti hududida noma’lum sabablarga ko‘ra Tyunektepe teleferik yaqinidagi o‘rmon hududida yong‘in chiqdi. Xabardan so‘ng Antaliya o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasining guruhlari hududga jo‘natildi”, - deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirishda beshta vertolyot va to‘rtta samolyot ishlamoqda.

Aniqlik kiritilishicha, yong‘in tufayli teleferiklarning ishi to‘xtatilgan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rmonga o‘t qo‘yganlik uchun jazo sifatida o‘lim jazosini joriy etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Turkiya Adliya vazirligi allaqachon o‘rmonlarni yoqish uchun jazo choralarini ko‘rib chiqish jarayonini boshlagan.

Kiritildi: 01:02 06.07.2022. O'qildi: 2044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!