Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiyalik olimlar robot asalarilarni yaratmoqchi

A A A
Turkiyalik olimlar robot asalarilarni yaratmoqchi

Turkiyalik mutaxassislar Buyuk Britaniya, Avstriya va Chexiyadagi hamkasblari bilan birgalikda asalarilar populyasiyasini saqlab qolish uchun haqiqiy asalarilarning vazifalarini bajara oladigan maxsus robotlarni yaratishga kirishdi.

Loyiha ustidagi ishlar yana ikki yil davom etadi. Hozirda 20 dan ortiq olimlar tadqiqot ishlarida ishtirok etmoqda. Yaqin Sharq Texnika Universiteti professori Erol Shahin aytganidek, mutaxassislar tirik asalarilar joylashgan uyaga mexanik hasharotlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, ularning hayotiy faoliyati sun’iy intellekt yordamida boshqariladi.

Loyiha Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan ilmiy sammitda taqdim etildi va u dunyodagi eng yirik yangiliklardan biri sifatida yuqori baholandi. Sammit ishtirokchilari asalarilar populyasiyasini saqlab qolish Yer ekotizimini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Gap shundaki, asalarilar ko‘plab o‘simliklarning changlanishida asosiy rol o‘ynaydi.

Kiritildi: 23:21 20.02.2024. O'qildi: 2107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik