Rasmda tutunli osmon uzra parvoz qilayotgan samolyotga qaragancha cho‘milishni ham unutgan bolakay tasvirlangan.
Ukrainalik fotograf Mixail Bochkaryov Antaliyada dam olayotgan chog‘ida Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari inqirozining eng esda qolarli tasvirini suratga oldi.
Surat Instagram tarmog‘ida 25 mingdan ortiq layk yig‘ish bilan birga jahon OAVning ham e’tiborini jalb qildi. Ekofaollar va jurnalistlar suratni iqlim o‘zgarishlarining yaqqol ifodasi deb talqin qilishmoqda.
Bu yil Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari rekord darajadagi 157 ming gektar maydonni egallab oldi.
O‘rmon yong‘inlariga Kurdiston ishchi partiyasiga bog‘liq bo‘lgan "Olov bolalari" guruhi javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.