Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Turkiyada yuz bergan o‘rmon yong‘inlari sababi tekshiriladi

Turkiyada yuz bergan o‘rmon yong‘inlari sababi tekshiriladi

Turkiya polisiyasi va razvedkasi respublika janubida yuz bergan o‘rmon yong‘inlari sabablarini tekshirmoqda, deb bayonot berdi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on.
"Bir vaqtning o‘zida turli hududlarda yuz bergan yong‘in sabablari tekshirilmoqda. Ayniqsa, razvedka hamda polisiya kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Tekshiruv yakunlari e’lon qilinadi. Biz yong‘in o‘choqlarini 4-5 ta samolyot, 45 ta vertolyot bilan o‘chirmoqdamiz. Rossiya va Ukraina samolyotlari ham yordam bermoqda, yana bir samolyot Ozarbayjondan jo‘natilgan", - dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, "yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmoqda, 57 ta yong‘in o‘chog‘i nazorat ostiga olindi".

Bundan avval Turkiya qishloq va o‘rmonchilik xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli mamlakat janubida oltita viloyatda 20 dan ortiq yong‘in o‘chog‘ini o‘chirish davom etayotganini ta’kidlagan edi.

Xabarda tabiiy ofat natijasida to‘rt kishi halok bo‘lgani va 183 kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Yong‘in Turkiyaning mashhur Bodrum va Marmaris dam olish zonalariga yetib keldi. Bu yerdan odamlar va mehmonxonalarda dam olayotgan sayyohlar ko‘chirilgan. Bodrum meri Axmet Arasning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, ayni damda Bodrum shahri atrofida o‘rmon yong‘inlari o‘chirilgan, sayyohlar mehmonxonalarga qaytib kelgan.

Kiritildi: 17:05 31.07.2021. O'qildi: 1714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!